Nodavlat maktab ochadiganlarga ajratiladigan kreditlarning bir qismini qoplash uchun kompensasiya berish tartibi haqida bilasizmi?

Nodavlat maktab ochadiganlarga ajratiladigan kreditlarning bir qismini qoplash uchun kompensasiya berish tartibi haqida bilasizmi?

Muhokamalar portaliga "Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlashga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

31.01.2024-yildagi Prezident qarori (PQ-49-son) bilan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun yangi imkoniyatlar taqdim etilgan edi.

E’lon qilingan Hukumat qarori lohiyasida ushbu imtiyozlardan foydalanish tartiblari aks etgan.

Loyiga ko‘ra jamg‘arma tomonidan qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan hamda nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasining 4 foizlik punktidan yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorda “1+2” tamoyili asosida uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga kredit foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun kompensasiya ajratiladi.

Bunda kompensasiya 3, 4, 5-hudud toifasiga mansub shahar va tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan hamda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subektlariga taqdim etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!