Neymar "Barselona"ga ijara asosida qaytmoqchi

Neymar "Barselona"ga ijara asosida qaytmoqchi

“Al-Hilol” hujumchisi Neymar klubdan uni “Barselona”ga ijaraga berishni so‘radi, deya xabar beradi sport.es.

Manbaning xabariga ko‘ra, 32 yoshli braziliyalik jarohatidan tuzalgach, sobiq jamoasiga qaytishni xohlagan. U 2013 yildan 2017 yilgacha Kataloniya klubida o‘ynagan. Qayd etilishicha, klublar hali mumkin bo‘lgan kelishuv bo‘yicha muzokaralarni boshlamagan.

Neymar o‘tgan yozda "PSJ"dan Saudiya klubiga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u “Al-Hilol” safida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!