Nemis modelyeri Karl Lagerfeldning Parijdagi kvartirasi auksionda 10 mln yevroga sotildi

Nemis modelyeri Karl Lagerfeldning Parijdagi kvartirasi auksionda 10 mln yevroga sotildi

Nemis modelyeri Karl Lagerfeldning (1933-2019) Parijdagi kvartirasi auksionda 10 million yevroga sotildi. Bu haqda TASS xabar beradi.

Le Parisien gazetasining xabar berishicha, poytaxtning VII okrugidagi 260 kvadrat metr maydonga ega futuristik uslubdagi uch xonali kvartira dastlab 5,3 million yevroga baholangan. Gazetaning ta’kidlashicha, bu modelyerning Parijdagi asosiy kvartirasi edi. U uni Stenli Kubrikning "Kosmik Odissey" (1968) asaridagi kema uslubida loyihalashtirgan. Merosxo‘rlar bitimning shaffofligini ta’minlash uchun kvartirani kim oshdi savdosiga qo‘yishga qaror qildi.

Paris Notaires notarial xizmati tomonidan tashkil etilgan auksion 19 daqiqa davom etdi. Unda hammasi bo‘lib 30 kishi ishtirok etdi va 1 million yevro miqdorida depozit talab etildi. Xaridor haqida ingliz tilida telefon orqali narx belgilaganidan boshqa hech qanday ma’lumot yo‘q, deb yozadi nashr.

Lagerfeld 1933 yilda Gamburgda tug‘ilgan. U 14 yoshida Parijga ko‘chib o‘tdi va u yerda moda maktabida o‘qidi. 1965 yilda Lagerfeld Chloe brendining bosh dizayneri bo‘ldi va Fendi bilan uzoq muddatli hamkorlikni boshladi. 1983 yilda u Chloeni tark etdi va Chanel modalar uyiga ko‘chib o‘tdi va u yerda 36 yil davomida badiiy rahbar bo‘lib ishladi. 1984 yilda modelyer o‘z nomi bilan kiyim-kechak brendiga asos solgan. Lagerfeld fotografiya va rasmga ham qiziqqan va uning ko‘rgazmalari turli mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan. U 2019 yil 19 fevralda vafot etdi. Publique jurnaliga ko‘ra, o‘limga oshqozon osti bezi saratoni sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!