NATO Bosh kotibi Kiyev iltimosiga binoan Ukraina-NATO kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirdi

NATO Bosh kotibi Kiyev iltimosiga binoan Ukraina-NATO kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirdi


Alyans matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilish 28 avgust, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi va jang maydonidagi vaziyat va Ukrainaning eng muhim harbiy ehtiyojlariga bag‘ishlanadi. Mamlakat mudofaa vaziri Rustem Umerov ham elchilar darajasidagi maslahatlashuvlarga videoaloqa orqali qo‘shiladi.

NATO vakili uchrashuvni chaqirishga sabab sifatida yaqinda Rossiya armiyasining Ukraina fuqarolik infratuzilmasi va uning tinch aholisiga uyushtirgan ommaviy hujumlarini keltirdi.

Ukraina-NATO kengashi so‘nggi kunlarda Kiyev uchun G‘arb qurollari bilan Rossiya hududiga hujum qilish taqiqini bekor qilish bo‘yicha faol rivojlanayotgan muhokama fonida chaqiriladi. Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb ittifoqchilari bu masala bo‘yicha u bilan «so‘zlashmaslikka harakat qilishayotganini» aytdi. Politico nashrining yozishicha, Ukraina tomoni AQShga Rossiyadagi nishonlar ro‘yxatini «Vashingtonni Rossiya Federasiyasi ichida Amerika qurollaridan foydalanish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashga ishontirishga oxirgi urinish sifatida» taqdim etmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!