Naoya Inoue WBA kamarini vakant qoldirishi mumkin

Naoya Inoue WBA kamarini vakant qoldirishi mumkin

Naoya Inoue WBA kamarini vakant qoldirishi mumkin.

Avvalroq WBA Naoya Inoue hamda Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jangga buyruq bergandi.

Lekin Inoue Ahmadaliyev bilan jangdan qochib, o‘z kamarini vakant qoldirishi mumkin.

"Navbatdagi jangning manzili aniq. Barcha kamarlarni ushlab turish qiyin bo‘ladi. Shu sababli kamarni vakant qoldirishimiz mumkin", - dedi Inoening menejeri Oxashi.

Eslatib o‘tamiz, Inoue navbatdagi jangini sentyabr oyida Tokioda Sem Gudmanga qarshi o‘tkazishi lozim edi. Ammo Gudman iyul oyida Avstraliyada ringga ko‘tariladi. Shu sababli, Inouega sentyabr oyida WBO yo‘nalishida 2-o‘rinni egallab turgan Ti Je Doxeynining raqib bo‘lishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!