Namanganda fuqarolar IIB xodimlariga tahdid qilib, tugmalarini uzib tashladi

Namanganda fuqarolar IIB xodimlariga tahdid qilib, tugmalarini uzib tashladi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ayollar xo‘rlandi, erkaklarga kuch ishlatildi – Namangandagi “zo‘ravon” IIB xodimlariga jazo bormi?” izohi bilan tarqalgan videoxabar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.

Joriy yil 30 iyul kuni soat 11:30 lar chamasida Namangan shahar, “Shodlik” MFY, To‘raqo‘rg‘on ko‘chasida yashovchi M.I. yashash xonadoni yonida qurilish ishlarini olib borayotgan fuqaro A.B. bilan janjallashib qolganligi sababli ushbu janjalni to‘xtatish uchun jalb etilgan hudud profilaktika inspektori B.Mo‘minov va A.Xamrayevlarga qarshilik ko‘rsatib, ularning egnida bo‘lgan xizmat kiyimining tugmalarini uzib tashlagan.

Voqeani bir taraflama yoritishga uringan blogerlar hodisa joyida xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarga qo‘pol qarshilik qilib, tosh va boshqa buyumlar bilan ularga tahdid qilgan va ommani to‘plab jamoat tartibini buzgan fuqarolar haqida hech qanday ma’lumot bermagan.

Hozirda holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

IIB xodimlarning xatti-harakatlari yuzasidan esa xizmat tekshiruvi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!