Namanganda ayol nega o‘zini va farzandini daryoga tashlagani ma’lum bo‘ldi

Namanganda ayol nega o‘zini va farzandini daryoga tashlagani ma’lum bo‘ldi

2021 yil 22 aprel kuni soat 01:30da Uchqo‘rg‘on tumanida M.X  voyaga yetmagan farzandi A.M bilan Uchqo‘rg‘on tumani hududidan oqib o‘tgan Norin daryosi bo‘yiga kelib, o‘zi va farzandini daryoga tashlagan vaqtida shu yerda xizmat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi viloyat qo‘riqlash boshqarmasi xodimi tomonidan qutqarib qolingan.

Tergovga qadar teshiruv davomida, M.Xning bunday harakatlariga turmush o‘rtog‘i V.M bilan oilaviy kelishmovchilik tufayli muntazam ravishda o‘zaro janjallashganligi sabab bo‘lganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!