Nahotki! Dunyoning elita qatlami kutilmagan o‘zgarishlar sababli aqlli va iste’dodlilarga aylanadi

Nahotki! Dunyoning elita qatlami kutilmagan o‘zgarishlar sababli aqlli va iste’dodlilarga aylanadi

Isroillik tarixchi Yuval Noy Xararining ta’kidlashicha, yaqinda foydasiz odamlar toifasida yangi sinf paydo bo‘ladi. Inson zahirasi mashinalar (robotlar) bilan almashtiriladi, jamiyatning yuqori qatlamlari DNKning keskin o‘zgarishlari sababli aqlli va iste’dodli odamga aylanadi.

Vaholanki, biologik ilmda allaqachon ajoyib hodisalar yuz bermoqda. Olimlar inson tanasi va ongini yaxshilashga qaratilgan rivojlanishga katta miqdorda pul sarflashyapti. Bioinjenerlar organlarni natriydan o‘stirishni va buzilganlarni ta’mirlashni, genetik kodni o‘zgartirishni o‘rganishmoqda. Mutaxassislarning radikal rejalari, odatda, odamlarning kompyuter bilan birlashishini o‘z ichiga oladi.

Hozirgi vaqtda olimlar nanorobotlarni va boshqa shunga o‘xshash kashfiyotlarni takomillashtirmoqda. Yangi o‘zgarishlar shish va viruslarni yo‘qotish qobiliyatlari bilan ta’minlanishi kutilmoqda.

“Bularning barchasi yaxshi. Ammo yaratilayotgan bu kashfiyotlardan oddiy xalq emas, balki yuqori qatlam vakillarining foydalana olishi haqqoniy emas”, deydi Yuval Noy Xarari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!