Myanmalik erkak qornidagi jarrohlik asbobi bilan 26 yil yashadi

Myanmalik erkak qornidagi jarrohlik asbobi bilan 26 yil yashadi

Myanmada shifokorlar erkakning qorin bo‘shlig‘idan 26 yil avval boshqa operasiya vaqtida unutib qoldirilgan 15 santimetrli jarrohlik asbobini chiqarib oldi. Bu haqda "daryo.uz" xabar berdi.

Shu o‘tgan vaqt ichida erkak kuchli og‘riqlardan azob chekkan. Uning oilasi avvalgi operasiyani o‘tkazgan jarrohga topilma haqida aytib bergan, biroq shifokor aybni tan olmagan.

Jarroh hodisada operasiyadan keyin asboblarni tozalashi kerak bo‘lgan hamshiralarni ayblagan. Bundan tashqari, shifokor o‘sha vaqtdagi ish sharoitlaridan shikoyat qilgan va elektr ta’minotidagi uzilishlar sababli operasiyani fonar yordamida qilganini aytgan.

Bemorning qarindoshlari Myanma Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilgan va barcha tibbiy hujjatlarni topshirgan. Tekshiruvni bir oydan ko‘proq kutishga to‘g‘ri kelgan. Ikkala operasiya o‘tkazilgan kasalxonalarga vaziyatni o‘rganish uchun ekspertlar yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!