Muzli qahva haqida siz bilmagan 6 ta fakt

Muzli qahva haqida siz bilmagan 6 ta fakt

So‘nggi yillarda kofeinli sovuq ichimliklar trendga aylandi. Ular hozirda nafaqat qahvaxonalarda, balki supermarketlarda alyumin bankalar ichida sotilmoqda. Maqolada muzli qahva qanday tayyorlanishi va uning odatiy qahvadan farqlarini bilib olamiz.

Coffee cold brew o‘zi nima?

Ingliz tilidan cold brew so‘zma-so‘z sovuq damlama deb tarjima qilinadi. U sovitilgan yoki muzli qahvaning muqobili sifatida ixtiro qilingan. Oddiy qahva sovib qolganda yoki muz qo‘shilganda o‘zgacha ta’m va hidini yo‘qotadi. Kold bryu esa sovuq suvda maxsus usulda uzoq vaqt (8 soatdan 24 soatgacha) pishiriladigan qahvadir.

Muzli qahva va sovitilgan qahvaning ta’mi farq qiladimi?

Albatta. Qahvaning ta’mi va xushbo‘yligiga ko‘plab omillar ta’sir qiladi: uning sifati, turi, pishirish vaqti, qahva bo‘laklarini qovurish usuli va hatto suv sifatiga ham bog‘liq. Muzli qahva, ayniqsa, pishirilgan harorat, vaqt va usuli bilan ta’mi o‘zgaradi. Shuningdek, bunday ichimlik nordon va achchiq bo‘lmasligi bilan odatiy qahvadan farq qiladi.

Sovitilgan va muzlatilgan qahvada qancha miqdorda kofein mavjud?

Qahva mashinasida tayyorlangan ichimlik muz qo‘shilganda issiq qahvadan farq qilmaydi. Bu holatda kofein miqdori o‘zgarmaydi. Muzli qahvada esa aksincha, kofein darajasi yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, bari turi, qovurilish usuli va miqdoriga bog‘liq.

Qaysi qahva foydaliroq: muzli yoki issiq qahva?

Muzli qahvaning ozuqaviy xususiyatlari hali ham yaxshi o‘rganilmagan, ammo ular ko‘p jihatdan issiq qahvaga o‘xshashligi shubhasiz. Muzli qahva faqat birgina xossasi bilan foydaliroq: unda kislotalilik kamroq bo‘ladi, shuning uchun ovqat hazm qilish tizimiga zarar keltirmaydi.

Muzli qahva haroratidan tashqari yana nimasi bilan farq qiladi?

Kold bryu qahva donalarini 12 soatga ivitib qo‘yish usuli bilan tayyorlanadi va tayyor bo‘lgan aralashmani filtrdan o‘tkazib, keyin iste’mol qilinadi. Muzli qahva maxsus kofe mashinalarida ham osonlik bilan tayyorlanadi. Bunday ta’m va xushbo‘yligi kam bo‘lsa-da, uzoq vaqt muzlatkichda saqlanishi mumkin.

Qahvani sovitish uchun muzdan tashqari nimadan foydalanish mumkin?

Odatda sovuq qahvaga sut, shirin siroplar yoki boshqa ta’m beruvchilar qo‘shiladi. Bugungi kunda espresso tonik (espressoga tonik va muz qo‘shiladi) yoki nitro kofe (azot bilan to‘yingan sovuq qahva) kabi ichimliklar ommalashib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!