Musulmon bo‘lmasa-da Islomni tanitayotgan yapon: “Maqsadim – dunyoga Islomni sevdirish”

Musulmon bo‘lmasa-da Islomni tanitayotgan yapon: “Maqsadim – dunyoga Islomni sevdirish”

Garchi o‘zi musulmon bo‘lmasa ham, o‘z kuzatuvchilariga Islom haqida ma’lumot berib kelayotgan yaponiyalik Ikuto Xongu ismli kontent yaratuvchisining obunachilari 1 milliondan oshdi.

Malayziyada tahsil olgani uchun Islom diniga qiziqish paydo bo‘lganini ta’kidlagan Xongu: "Aslida men Kobe shahrida tug‘ilganman va u yerda juda qadimiy tarixga ega masjid bor edi. Musulmon jamoati esa juda samimiy edi", – dedi.

“Hozir qilayotgan ishimdan maqsad Yaponiyaning musulmonlarni tushunishi va o‘z bag‘riga olishidan iborat, – dedi Xongu. – Chunki Malayziyada mening ko‘plab musulmon do‘stlarim bor edi va ularning barchasi Yaponiyaga kelishganida halol taom topa olmaganidan shikoyat qilishardi"

Avvalroq G‘azoga yordam kampaniyasi kabi faoliyatlar olib borgan Xongu madaniyatlar o‘rtasida ko‘prik bo‘lib xizmat qilishni xohlayotganini bildirdi.

Ikuto Xongu 2023 yilning noyabr oyida O‘zbekistonga ham tashrif buyurgan, mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari, o‘ziga xosliklari haqida kuzatuvchilariga ma’lumot bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!