Mumbayni chiqindi bosdi

Mumbayni chiqindi bosdi

Kuchli to‘lqinlar Mumbay qirg‘oqlariga tonnalab chiqindini chiqarib tashladi.

Sohillar plastik va boshqa chiqindilar, organik qoldiqlar bilan qoplandi, bu mahalliy ekotizim va aholi salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Mahalliy hokimiyat organlari va ko‘ngillilar atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida sohilni tozalashga kirishdi. Shu bilan birga, ekologlar okeanlarni toza saqlash muhimligi haqida aholining xabardorligini oshirishga chaqirmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!