Moskvadagi terrorchilar yetakchisi kim ekanligi ma’lum bo‘ldi

Moskvadagi terrorchilar yetakchisi kim ekanligi ma’lum bo‘ldi

Tergov tadbirlaridan so‘ng Moskvadagi terrorchilar yetakchisi Shamsiddin Fariduni ekanligi ma’lum bo‘ldi – aynan u Turkiyada bo‘lganida kuratorlar bilan bog‘langan. Pul evaziga odamlarni ommaviy o‘ldirishga buyruq bergan o‘sha «voiz» bilan ham Fariduni aloqada bo‘lgan.

SHOT manbasiga ko‘ra, Fariduni Moskvaga 4 mart kuni yetib kelgan. Aynan u ko‘rsatmalar olgan va qolgan terrorchilarga ma’lumot bergan - «saboqlar», rollarni tayinlagan va ularga kuratordan yakuniy rejani taqdim etgan. Rejalashtirish boshlanishidan oldin jangarilar bir-birlarini tanimas edilar, ular turli joylarda yashashgan.

Fariduni 7 mart kuni Krokusda paydo bo‘ldi - uni mahalliy fotograf suratga oldi. Umuman olganda, u Fayzov bilan terrorchilik hujumidan oldin kamida besh marta konsert maydoniga tashrif buyurgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!