Messining otasi «PSJ» bilan muzokaralar olib boryaptimi?

Messining otasi «PSJ» bilan muzokaralar olib boryaptimi?

«Barselona» hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi o‘g‘lining «PSJ»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Avvalroq El Chiringuito TV Messining otasi dushanba kuni Barselonada fransuz klubi vakillari bilan muzokaralar olib borgani haqida ma’lumot bergandi.

«Yolg‘on. Yana bir uydirma. Men sentyabrdan beri Argentinadaman. #Fakenews (Soxta xabar)», – deb yozadi Xorxe «instagram»dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik forvard 2020 yil yozida «Barselona»ni tark etish istagini bildirgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yil yozigacha mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!