Messi La Ligada tarixiy rekord o‘rnatdi

Messi La Ligada tarixiy rekord o‘rnatdi

La Liga 36-turi doirasidagi «Barselona» - «Valyadolid» (1:0) uchrashuvida Lionel Messi Ispaniya chempionatining tarixiy rekordini o‘rnatdi.

Uchrashuvda Messining golli uzatmasidan keyin Arturo Vidal o‘yindagi yagona golga mualliflik qilib, Kataloniya klubiga g‘alaba keltirdi. 

Ushbu o‘yinda golga assistentlik qilgan argentinalik futbolchi La Liganing tarixiy rekordini o‘rnatdi. Messi bir mavsumda chempionatda 20ta gol urgan va 20ta golli uzatmani amalga oshirgan La Liga tarixidagi ilk futbolchiga aylandi. 

Ma’lumot uchun, «Barselona» hozirda 2-o‘rinini band etib, «Real»dan bir ochkoga ortda qolmoqda. Madrid klubi tur uchrashuvini bugun «Granada»ga qarshi o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!