«Men yolg‘iz yashayman. Qizim uzoqda yashaydi. Chiqishning iloji yo‘q edi»

«Men yolg‘iz yashayman. Qizim uzoqda yashaydi. Chiqishning iloji yo‘q edi»

DW muxbiri Nik Konolli Ukraina harbiylari bilan Rossiya chegarasida joylashgan Kurskdagi Sudja shahriga qisqa safar qildi.

Hududda qolib ketganlar asosan qariyalar yoki qariyalarga g‘amxo‘rlik qiladiganlar

O‘zini Nina deb tanishtirgan bir ayolning aytishicha, unga hech qachon evakuasiya qilish imkoniyati berilmagan va u qochib ketgan odamlar buni mustaqil ravishda, o‘z mashinalarida qilganini aytadi.

«Men yolg‘iz yashayman. Qizim uzoqda yashaydi. Chiqishning iloji yo‘q edi. Men keksa dugonamga qarayotdim, u kasal edi — men uni shunchaki tashlab ketolmadim. U kecha vafot etdi, bugun uni dafn qildik», - deydi Nina.

Yana bir ayolning aytishicha, bir kun avval u yerto‘lada jon saqlayotganda uning uyi vayron bo‘lgan, katta ehtimol bilan artilleriyadan o‘qqa tutilgan.

Sudjalik emasligini, ammo urush boshlangan kuni shaharga ish bilan kelganini aytgan o‘rta yoshli Oleg u yerda qamalda qolgan edi.

"Biz nima bo‘layotganini tushunmadik. Men o‘shandan beri shu yerdaman. Ota-onam qishloqqa qaytishdi, ular 84 va 83 yoshda. Ularga nima bo‘lganini bilmayman va ular ham Menga nima bo‘lganini bilishmaydi, - dedi u.

Konnoli mahalliy aholi bilan gaplashgandan so‘ng, ukrainalik askar Dmitrashkivskiy noutbukini olib, ularga Kiyev yaqinidagi Bucha shahrida olingan, rus qo‘shinlari harbiy jinoyatlarda ayblanayotgan videoni ko‘rsata boshladi.

Ko‘p o‘tmay, Ukraina qo‘shinlari Konolliga ketish vaqti keldi aytdi va uning qisqa tashrifi yakuniga yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!