Meksikada yuk mashinasi halokatga uchradi. 53 kishi halok bo‘ldi (FOTO +18)

Meksikada yuk mashinasi halokatga uchradi. 53 kishi halok bo‘ldi (FOTO +18)

Meksikaning Chiapas shtatida 9 dekabr, payshanba kuni yuzdan ortiq muhojirni olib ketayotgan tirkamali yuk mashinasi halokatga uchradi. 53 kishi halok bo‘lgan, deb xabar berdi Noticias MVS radiostansiyasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aksariyati Gvatemala aholisi bo‘lgan noqonuniy muhojirlar bo‘lgan yuk mashinasi tayanch devorga urilib, ag‘darilib ketgan. Halok bo‘lganlardan tashqari yana 58 kishi kasalxonaga yotqizilgan, uch nafarining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.

Shu bilan birga, qutqaruv xizmatlari fojiaga ikkita yuk mashinasining to‘qnashuvi sabab bo‘lganini, shundan so‘ng ulardan biri devorga urilganini ma’lum qildi. Hodisaning barcha holatlari aniqlanmoqda.

Meksika prezidenti Andres Manuyel Lopes mamlakat janubidagi yirik avariyaga munosabat bildirdi. Davlat rahbari jabrlanganlarga barcha zarur yordam ko‘rsatishni topshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!