Medvedev Zelenskiyning sulh shartlari haqida: "Ultimatumlar faqat qog‘ozda chiroyli eshitiladi"

Medvedev Zelenskiyning sulh shartlari haqida: "Ultimatumlar faqat qog‘ozda chiroyli eshitiladi"

"U Donbass va Qrimni yana ukrainalik qilishni talab qilmoqda, go‘yo ular aholisining xohish-irodasini bilmagandek. Donbassdan barcha qo‘shinlarni olib chiqib ketish, Ukraina armiyasiga odamlarga qarshi repressiyalar uchun to‘liq imkoniyatlar qoldirish bilan teng. Shundan so‘nggina, ehtimol, ular bilan nimagadir kelishish imkoni mavjud bo‘ladi.

Ultimatumlar faqat qog‘ozda chiroyli eshitiladi. Ular, odatda, barchaga ma’lum zaif tarafdan emas, balki kuchli pozisiyadan, mag‘lubiyat mahalida emas, balki, g‘alaba vaqtida, psixotrop dorilar ta’siri ostida emas, balki hushyor holatda qo‘yiladi", — deb yozadi Medvedev.

Zelenskiy Rossiyaga hududiy imtiyozlarni rad etishni talab qiladi, ammo bu urush boshlanishidan oldin bosib olingan hududlar masalasini tinch yo‘l bilan hal qilishni taklif qilmoqda. "Shubhasiz, biz barcha hududlarimizni qaytarishimiz kerak. Ammo bu, ehtimol, yana qurbonlar talab qiladi. Boshlanishiga biz hududlarni 24 fevralgacha bo‘lgan holatiga qaytarishni rejalashtirmoqdamiz. So‘ng biz muzokaralar stoliga o‘tiramiz", dedi u 25 may kuni Yaponiyaning NHK telekanaliga bergan intervyusida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!