Mashhur futbolchi o‘z samolyotini Argentina prezidentiga 160 ming dollarga ijaraga berdi

Mashhur futbolchi o‘z samolyotini Argentina prezidentiga 160 ming dollarga ijaraga berdi

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi o‘z shaxsiy samolyotini mamlakat prezidenti Alberto Fernandes foydalanib turishi uchun taqdim etdi. Davlat rahbari samolyotda Meksikaga borib keladi.

Prezident samolyotni 4 kunga ijaraga oldi. Buning uchun 160 ming dollar to‘laydi. Ma’lumotlarga qaraganda, Messining samolyoti koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha barcha shart-sharoitlarga ega.

15 million dollarlik samolyot Argentinada ro‘yxatga olingan. Odatda u Messi tug‘ilib o‘sgan shahar Rosariodagi aeroportda turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!