Marg‘ilonlik usta Lasettidan Ferrari yasadi (FOTO)

Marg‘ilonlik usta Lasettidan Ferrari yasadi (FOTO)

Marg‘ilonlik usta o‘zining Lasetti avtomobilidan Ferrariga o‘xshash bo‘lgan avtomobil yasadi. Bu haqda Facebookdagi “Voditeli Tashkenta” guruhida Akbar Murodov ismli foydalanuvchi xabar qilgan.

Xabarda avtomobil old, yon va orqa tomondan olingan suratlari joylashtirilgan. Guruh a’zolari ushbu rasmlarni turlicha kutib olishdi, kimdir hazil aralash bu yigitni darrov “O‘zavtoprom”ga boshliq qilish kerak, desa boshqalar YHXB bunday avtomobilga oddiy yo‘llardan harakat qilishiga ruxsat berarmikan deb xavotir olgan.

Nima bo‘lganda ham, yigitga qoyil qolish kerak. Axir noldan boshlab butun boshli avtomobil yasash uchun qancha vaqt, kuch va mablag‘ kerak. Biroz oldin Samarqand va Buxoroda ham ana shunday entuziast yigitlar Ferrari avtomobili yasashga kirishishgan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!