Manba: Mavjuda Mirzayeva ham «Kompromat ishi» doirasida hibsga olingan

Manba: Mavjuda Mirzayeva ham «Kompromat ishi» doirasida hibsga olingan

Sobiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva «Kompromat ishi» doirasida hibsga olingan. Bu haqda ish tafsilotlaridan xabardor manbalar Kun.uz’ga xabar berdi.

Unga ko‘ra, Mavjuda Mirzayeva ayni paytda DXX tergov hibsxonasida tergov qilinmoqda. Unga nisbatan 10 kunlik hibs bo‘yicha sud sanksiyasi ham bor.

Mirzayeva DXX hibsxonasida qolayotgani haqidagi ma’lumotni uning qizi Zarina Mirzayeva ham tasdiqlagan. U ikki kundan buyon onasi bilan ko‘risha olmagan.

«Uyda yolg‘izman, ikki kishi turardik. Onamning hozirgi ahvolidan qattiq xavotirdaman. Nega bizga – yaqinlariga ish bo‘yicha biror ma’lumot berishmayapti. Eshitishimcha, o‘n kun tergov bo‘lar ekan», – degan u.

Kun.uz manbalariga ko‘ra, ushbu ish doirasida «O‘zbekneftgaz» matbuot xizmati rahbari Siyovush Hoshimov ham tergov qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!