Mahalladoshini mix bilan jarohatlab o‘ldirgan yigit 18 yilga qamaldi

Mahalladoshini mix bilan jarohatlab o‘ldirgan yigit 18 yilga qamaldi

Joriy yil 5 iyun kuni Urgut tumanida yashovchi 26 yoshli yigit mast holda 41 yoshli hamqishlog‘ini mix bilan jarohatlagan. Oqibatda jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgandi. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning xabar berishicha qotilga sud hukmi o‘qilgan.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 5 iyun kuni soat 18:30 larda Urgut tumani G‘o‘s qishlog‘ida joylashgan Yetti uylik mahallasida yashovchi B.S. qishloq markazida joylashgan to‘yxona oldida tanishi, shu qishloqning O‘rta guzar mahallasida yashovchi O‘.O. bilan mast holatda o‘zaro janjallashib qolgan.

So‘ng shu atrofda joylashgan xo‘jalik mollari do‘konidan 15 santimetr uzunlikdagi mixni olib chiqib, O‘.O.ning o‘ng ko‘krak qismiga bir marotaba sanchib, u yerga yiqilganidan so‘ng oyoq va qo‘llari bilan bosh sohasiga zarbalar bergan. Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan O‘.O. Urgut tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Sud B.S.ni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «l» va «j» bandlari bilan aybdor deb topgan va unga 18 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!