Lukashenko va’dasida turadimi ?

Lukashenko  va’dasida turadimi ?

Lukashenko yangi konstitusiyani va’da qildi. U  vakolatlarini  bo‘lishishga  tayyor,  ammo  hamma  narsani  nazorat  qilishni  xohlamoqda.
Aleksandr Lukashenko 2021 yilda mamlakatning  yangi  Konstitusiyasi  loyihasini  muhokama  qilishga  va  2022  yil  boshida  uni  umumxalq  ovoziga  qo‘yishga  tayyorligini  ma’lum  qildi.

11 fevral kuni Minskda Butunbelarus yig‘ini -  hokimiyat va  jamoatchilikning  2700  nafar  vakili  ishtirokidagi  ikki  kunlik  s’ezd  ish  boshladi. Birinchi  kunning  asosiy  natijasi -  Aleksandr  Lukashenko  2021  yil  boshida  Belarusda  vakolatlarni  hukumat  va  parlament  foydasiga  qayta  taqsimlash  bilan  bog‘liq  mamlakatning  yangi  konstitusiyasi  loyihasiga  ovoz  berish o‘tkazilishini va’da qildi.

U bu gapni uch  soat-u  qirq  daqiqa  davom  etgan  nutqining  oxirida  aytdi.  Biroq  ushbu  nutqdan  kelib  chiqadiki,  Lukashenko  avvalgidek  hamma  narsani:  tashqi  siyosatdan  tortib  to  Minskdagi  chang‘i  yo‘lining  holatiga  qadar  nazorat  qilishni  xohlaydi,  deb  yozadi  BBC.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!