“Liverpul”ning sobiq himoyachisi — Kloppdan keyingi murabbiy jiddiy bosimga uchraydi

“Liverpul”ning sobiq himoyachisi — Kloppdan keyingi murabbiy jiddiy bosimga uchraydi

“Liverpul”ning sobiq futbolchisi Glen Jonsonning fikricha, Yurgen Kloppdan keyingi “mersisaydliklar” murabbiyi jiddiy bosimga duch kelishi aniq.

“Men Yurgen Kloppning o‘rniga kimdir kelib, birinchi bo‘lib zarbani qabul qilishi kerak, deb hisoblayman. Bilaman, bu dahshatli va shafqatsiz eshitiladi, lekin kim kelsa ham unda Yurgendan yaxshiroq bo‘lishga hech qanday imkoniyat yo‘q. Yangi murabbiy qila oladigan eng yaxshi natija bu Klopp bilan tenglasha olish va avval boshdan bunday natija ko‘rsatish juda qiyin”, — deya Jonsonning so‘zlarini keltiradi Britaniyaning Liverpool Echo internet nashri.

Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp joriy mavsum yakunida “Liverpul”ni tark etadi. Nemis mutaxassisi “mersisaydliklar” klubida 2015 yilning oktyabr oyidan buyon ishlab kelmoqda. Murabbiy klub bilan birgalikda Angliya chempionati, Chempionlar Ligasi va boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!