"Lacetti" bizni qisib qo‘ydi": Murod Xonto‘rayevning shogirdi “avariya” qanday bo‘lganini so‘zlab berdi

A A A
"Lacetti" bizni qisib qo‘ydi": Murod Xonto‘rayevning shogirdi “avariya” qanday bo‘lganini so‘zlab berdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 19 iyul kuni "Osiyo ayig‘i" nomi bilan tanilgan MMA jangchisi, O‘zbekiston MMA assosiasiyasi vise-prezidenti Murod Xonto‘rayev Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida YTHga uchrab, voqea joyida vafot etdi.

Xonto‘rayevning vafotidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda u haqida turli gap-so‘zlar tarqalmoqda. Kimdir Xonto‘rayev spirtli ichimlik ichgan ekan desa, yana boshqa birov Bo‘stonliqdagi do‘kon egasiga qurol o‘qtalganini aytib chiqdi. Bu gaplar esa quruq bo‘hton ekani esa vaqt o‘tgani sayin o‘z isbotini topmoqda.

YTH yuz bergan kuni Murod Xonto‘rayevning yonida shogirdi, MMA jangchisi Jasur Anorboyev ham bo‘lgan. U YTH yuz bergandan so‘ng, zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazilgan. Xonto‘rayevning dafn marosimi o‘tganidan keyin esa avtomobilda bo‘lgan Anorboyevning ham komaga tushgani, undan hech kim xabar olmayotgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ bu gaplarga ham aniqlik kiritish maqsadida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetib bordi.

"Lacetti" bizni qisib qo‘ydi": Murod Xonto‘rayevning shogirdi “avariya” qanday bo‘lganini so‘zlab berdi

Feruza Najmiddinova, jurnalist: — YTH oqibatida Murod Xonto‘rayevning vafot etishi ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi va bu xabar juda tez tarqaldi. Shuningdek, “Murod Xonto‘rayevning yonida bo‘lgan bola ham vafot etibdi yoki ahvoli og‘ir ekan”, degan norasmiy xabarlar tarqalib ketdi. Shundan so‘ng, “Sportchining yonida bo‘lgan shaxsning ahvoli biroz og‘ir va shifoxonaga olib ketildi”, degan rasmiy ma’lumot berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda bolalayotgan ba’zi gap-so‘zlarga nuqta qo‘yish maqsadida sizning oldingizga keldik. Ahvolingiz u qadar yaxshi bo‘lmasa-da, sizni intervyuga taklif qildik, buning uchun uzr so‘raymiz! Vafot etgan insonning ortidan gapirish noto‘g‘ri. Ammo turli xil asossiz gaplar ko‘paymasligi uchun sizga bir-ikkita savol bilan yuzlanmoqchimiz.

O‘sha kuni shifoxonaga olib kelingandagi holatingizni qanchalik eslay olasiz?

Jasur Anorboyev, Murod Xonto‘rayevning shogirdi: — To‘g‘risi, shifoxonaga olib kelishganini umuman eslay olmayman. Esimda yo‘q. Hammasi tez bo‘lib ketdi. Akam [Murod Xonto‘rayev] va men yo‘lda kelayotgandik. Odam baribir tanigan insoniga ishonadi-da. Mashinada tog‘ga borayotganimizda qanday ishongan bo‘lsam, qaytayotganda ham shunday ishonib, bemalol, xotirjam telefonimni o‘ynab kelayotgandim. Nimadir bo‘ldi, shunday oldimga qaradim, Lacetti bizni qisib qo‘ydi. Davlat raqami va belgisi esimda yo‘q, lekin Lacetti edi. Biz o‘z yo‘limizda “ kak polojeniYE” ketayotgandik, u bizni qisib qo‘ydi. Uyog‘ini eslay olmayman.

"Lacetti" bizni qisib qo‘ydi": Murod Xonto‘rayevning shogirdi “avariya” qanday bo‘lganini so‘zlab berdi

Keyin ko‘zimni ochganimda, tepamda shifokorlar turgandi. Boshimni esa tikishayotgandi. Mana, kecha o‘zimga keldim va hammasini esladim. Allohning o‘zi saqlab, meni tirik qoldirdi. Akamning joyi jannatda bo‘lsin. Oxiratlari obod bo‘lsin.

F.N.: — Ijtimoiy tarmoqlarda “Murod Xonto‘rayev vafot etganidan keyin yonidagi do‘sti shifoxonaga olib ketildi va unga hech kim ahamiyat bermayapti, ahvolidan hech kim xabar olmayapti”, degan gaplar ham tarqalyapti. Bunga qanday fikr bildirgan bo‘lardingiz? Mana oradan ikki kun o‘tdi. Sizdan kimlar xabar oldi va ahvolingiz qanday?

J.A.: — El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi, deyishadi-ku! Odamlar hamma narsani gapiraveradi. Men bitta narsani bilaman: Murod akamdek inson yo‘q edi. U shunday inson ediki, bitta gap bilan yuragingizni teshardi. Gapirgan gaplaridan keyin o‘zingizdagi bor kuchni chiqarib berasiz.

"Lacetti" bizni qisib qo‘ydi": Murod Xonto‘rayevning shogirdi “avariya” qanday bo‘lganini so‘zlab berdi

Kamoliddin akam [Kamoliddin Boboyev, M.Xonto‘rayevning eng yaqin do‘sti – tahr.] kelib, har kuni mendan xabar olib turibdilar. O‘rtoqlarim yonimda. Endi o‘zimga keldim. Hammasi yaxshi. Shifokorlar davolashyapti. Allohga shukur, soppa-sog‘miz! Hamma joyimiz but.

QALAMPIR.UZ MMA jangchisi, O‘zbekiston MMA assosiasiyasi vise-prezidenti Murod Xonto‘rayevning vafotiga sabab bo‘lgan YTH bo‘yicha surishtiruvlari davom etishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 34 yashar Murod Xonto‘rayev olilaning to‘ng‘ich farzandi edi. U 3 farzandning otasi edi.

Fursatdan foydalanib, yana bir bor Murod Xonto‘rayevning oilasi a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi

Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCh yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров дунёнинг энг йирик онлайн шахмат турнирларидан бири — Chess.com Open 2026 мусобақасида иштирок этди.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

“Katta jarimalar bo‘ladi”: Soliq qo‘mitasi raisi umumiy ovqatlanish korxonalarini biznesni bo‘lmaslikka chaqirdi

Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.

O‘zbekistonda sotilayotgan to‘rt Xitoy o‘yinchog‘ida xavf aniqlandi

Болалар ўйинчоқларида хавф аниқланди.

Pep Gvardiola terma jamoani qabul qilib olishga tayyor

Хосеп Гвардиола аввалроқ фаолиятининг қайсидир босқичида миллий терма жамоада ишлаш истаги борлигини айтган эди.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Ekspert Husanovni “Real” yulduzidan yuqori baholadi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов айни пайтда фаолиятидаги сезиларли ўсишни намойиш қилмоқда.

Dahshat! Hokim ishi: pora ishimi yoki ssenariy?

У 60 минг АҚШ доллари миқдорида пора олишда ҳам айбланмоқда.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

Gvardiolaning rejalari buzilib ketdi

АПЛ тақвимидаги ўзгаришлар «Манчестер Сити»нинг ғазабини қўзитиб юборди.

Polsha–Belarus almashinuvi: Ukraina hayratda, Polshada esa bayram

BBC мухбири маълумотига кўра, Польша томонидан россиялик археолог Александр Бутягиннинг Беларусьга топширилиши Украинада камида тушунмовчилик билан қабул қилинмоқда.

Fransiya prezidenti «PSJ» – «Bavariya» uchrashuvining aniq hisobini aytdi

Бугун, 28 апрель куни «ПСЖ» Чемпионлар лигаси ярим финали доирасида ўз майдонида Мюнхеннинг «Бавария» жамоасини қабул қилади.

Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga qarshi ishni to‘xtatdi

Судья қарорни “барқарор тўсиқ” мавжудлиги билан изоҳлади: айбланувчининг суд мажлисида шахсан иштирок этиш имконияти йўқлиги жараённи давом эттириш учун ҳуқуқий асос қолдирмаган.

Ukraina dronlari Perm o‘lkasi va Orenburg viloyatiga hujum qildi

Маълумотларга кўра, Орск шаҳридаги "Орскнефтеоргсинтез" нефтни қайта ишлаш заводига ҳам ҳужум қилинган.

14 yoshli qizga shilqimlik qilgan PPX xodimi ishdan olindi. IIV holatni tekshirmoqda

Қизнинг акаси автомобилнинг давлат рақами 10 R077MB бўлганини, рулда эса ППХ ходими ўтирганини айтган.

Evropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni cho‘zmoqda, Rossiya esa kuchaymoqda

Бу фикрни британлик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис YouTube’даги чиқишида билдирди.

Ziroat Mirziyoyeva Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi

Яқин-яқингача бўш турган қарийб 8 гектарлик майдонга ҳудуднинг табиий-иқлим шароитидан келиб чиқиб танланган 3 минг тупдан ортиқ дарахт ва ўсимлик кўчатлари ўтқазилмоқда.

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Машинист темир йўлдаги одамни тахминан 500 метр масофадан пайқаган, бироқ поездни тўхтатишга улгурмаган.

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Тезкор тадбирда, у олдиндан 9 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.

Hindistonda bortida 232 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi

Swiss Airlines авиакомпанияси воқеа ҳақида хабардорлигини, ҳозирда двигатель ишдан чиқиши ва ёнғин сабаблари текширилишини маълум қилди.

Moskvada qor yog‘ishi oqibatida daraxtlar quladi, Vnukovoda esa reyslar bekor qilindi

Москва вилоятининг Дубна ва Домодедово шаҳарларида қор ёғиши ва дарахтлар қулаши оқибатида электр таъминоти қисман узилди.

Qo‘qonda do‘konda yong‘in chiqdi

Билдирилишича, ҳодиса оқибатида жабрланганлар йўқ. Ёнғиндан дўконнинг 400 квадрат метр майдони сақлаб қолинган.

Suv uchun janjal: Afrikada 42 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳудудда сув, ер ва чорва моллари учун жамоалар ўртасидаги тўқнашувлар тез-тез содир бўлиб туради.

Toshkent xalqaro aeroportida 4 nafar qizlarni Dubay shahriga olib ketayotgan ayol ushlandi

Амалдаги қонунчиликка мувофиқ, бу турдаги жиноятлар учун 5 йилдан 10 йил муддатгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси белгиланган.

Andijonda attraksion qulab, 7 kishi jarohatlandi

Бироқ, тасдиқланмаган манбаларга кўра, ҳодиса натижасида камида 7 киши жароҳатланган.

Malidagi harbiy bazalarga qurolli hujumlar uyushtirildi

​Кузатувчилар буни сўнгги йиллардаги энг йирик ва мувофиқлаштирилган амалиёт сифатида баҳоламоқда

Andijonda hajga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Фуқаро ҳаж зиёрати учун Саудия Арабистонига юборишини айтиб, келишилган пулдан 9 000 АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVV mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Мансабдор шахс ноқонуний ҳаракатларини давом эттириб, масъулияти чекланган жамият раҳбаридан қолган 39 минг АҚШ долларини ҳам беришини сўраган.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Бу ҳақда C-SPAN хабар бермоқда.