Ukraina Isroilni don ortilgan kema sababli yuzaga keladigan diplomatik janjaldan ogohlantirdi
Axios jurnalisti Barak Ravidning Ukraina diplomatik manbalariga tayanib xabar berishicha, Kiyev Rossiyaning Panoramits kemasi Hayfa portiga kirishi va yukni tushirishiga keskin qarshi chiqmoqda. Agar Isroil tomoni kemaning portga kirishiga ruxsat bersa, Ukraina "barcha diplomatik va xalqaro-huquqiy choralarni" ishga solish niyatida ekanini bildirgan.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi allaqachon Isroil elchisini norozilik notasini topshirish uchun chaqirgan.
"Ukraina-Isroil do‘stona munosabatlari har ikki davlatga foyda keltirishi mumkin va Rossiyaning o‘g‘irlangan Ukraina g‘allasi bilan noqonuniy savdosi ularga putur yetkazmasligi kerak," - deya qo‘shimcha qildi TIV rahbari.
Hurmatli vazir, diplomatik munosabatlar, ayniqsa, do‘st mamlakatlar o‘rtasida Twitter yoki ommaviy axborot vositalarida yo‘lga qo‘yilmaydi. Ayblovlar dalil bo‘la olmaydi. Ushbu ayblovlarni tasdiqlovchi dalillar hozirgacha taqdim etilmagan. Siz hatto OAV va ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilishdan oldin huquqiy yordam so‘rovini ham yubormadingiz," - deb yozdi Saar.
Shu bilan birga, u bu masala ko‘rib chiqilishini ta’kidladi, chunki Isroil "qonun ustuvorligiga rioya qiladigan va mustaqil huquq-tartibot idoralariga ega davlat."
Ma’lumotlarga ko‘ra, avvalroq Isroil tomoni Ukrainaning shunga o‘xshash murojaatlarini e’tiborsiz qoldirgan edi.
