🔹 Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Soliq boshqarmasi komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat bo‘limi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
➡️Jumladan, Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasining sho‘’ba boshlig‘i xizmat mavqeidan foydalangan holda, zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJ go‘yoki 1 mlrd so‘mdan yuqori savdo aylanmasini yashirib, majburiy to‘lovdan bo‘yin tovlagani vaji bilan, unga nisbatan sun’iy shakllantirilgan 145 mln so‘m jarimani qo‘llamaslik va kelgusi faoliyatida rahnamolik qilish evaziga uning rahbaridan qiymati 10 mln so‘mlik tilla taqinchoqni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
⚖️ Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
📞 Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
BBC мухбири маълумотига кўра, Польша томонидан россиялик археолог Александр Бутягиннинг Беларусьга топширилиши Украинада камида тушунмовчилик билан қабул қилинмоқда.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.