Buyuk Britaniya qiroli: "Ukraina bizning murosasiz yordamimizga muhtoj"
Ukraina jahon kuchlarining murosasiz qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj.
Sky News xabar berishicha, bu haqda Buyuk Britaniya qiroli Karl III AQSh Kongressidagi nutqida ta’kidlagan.
2001 yil 11 sentyabrda Nyu-Yorkda sodir bo‘lgan terroristik hujumlar haqida gapirar ekan, monarx Buyuk Britaniya va AQSh terrorga qarshi birlashganini va ikki mamlakat xalqlari bir asrdan ko‘proq vaqt davomida qilganidek, chaqiriqqa birgalikda javob berganini ta’kidladi.
"Bugungi kunda Ukraina va uning eng jasur fuqarolarini himoya qilish uchun ham xuddi shunday qat’iyatlilik kerak. Bu chinakam adolatli va uzoq muddatli tinchlikni ta’minlash uchun kerak", dedi Britaniya qiroli.
Agentlikning yozishicha, Donald Tramp hokimiyat tepasiga kelganidan beri, Rossiya-Ukraina mojarosi yillarida Kiyevning asosiy harbiy ittifoqchisi bo‘lgan AQSh o‘z ishtiroki va yordamini kamaytirishga harakat qilib, boshqa global mojarolarga ustuvor ahamiyat berib kelmoqda.
Ta’kidlanishicha, Buyuk Britaniya qiroli 2022 yilda mamlakat Rossiyaning keng ko‘lamli bosqiniga duch kelganidan beri Ukraina va uning xalqini faol qo‘llab-quvvatlab kelgan.
