KXDR yetakchisi Kim Chen In Rossiyaning Kursk viloyatida Ukraina kuchlariga qarshi jangda asirga tushmaslik uchun o‘z joniga qasd qilgan askarlarini olqishlab, ularni "qahramon" deya ta’rifladi.
Pxenyan Rossiya tomonida urushish uchun 14 mingga yaqin harbiy yuborgan bo‘lib, G‘arb va Ukraina manbalari ularning 6 ming nafari halok bo‘lganini aytyapti. Razvedka ma’lumotlari va qochib o‘tganlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, shimoliy koreyalik askarlar asir tushmaslik uchun o‘zlarini portlatish yoki boshqa yo‘llar bilan hayotiga nuqta qo‘yish usulini tanlashgan.
Kim Chen In halok bo‘lganlar xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik ochilishida so‘zlagan nutqida ilk bor bu qurbonliklarni tilga oldi va sharafni himoya qilish uchun "o‘zini yo‘q qilish" yo‘lini tanlaganlarni vatanparvarlar deb atadi. Uning fikricha, hatto jang maydonida omon qolgan, ammo o‘z burchini to‘liq bajara olmaganidan iztirob chekkanlar ham partiyaning sodiq jangchilari hisoblanadi.
Janubiy Koreyaning razvedka ma’lumotlarga ko‘ra, KXDR buning evaziga Rossiyadan iqtisodiy ko‘mak va harbiy texnologiyalar bo‘yicha yordam olayotgani qayd etilyapti.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
BBC мухбири маълумотига кўра, Польша томонидан россиялик археолог Александр Бутягиннинг Беларусьга топширилиши Украинада камида тушунмовчилик билан қабул қилинмоқда.