KXDR Janubiy Koreya bilan chegarada devor qurmoqda

KXDR Janubiy Koreya bilan chegarada devor qurmoqda

Shimoliy Koreya harbiylari Janubiy Koreya bilan chegaradagi demilitarizasiya zonasida devorlar, yo‘llar qurishni va yer qazishni boshladi. Bu haqda Janubiy Koreya qurolli kuchlaridagi ismi oshkor etilmagan manbaga tayanib, Yonhap xabar berdi.

Shimoliy chegara chizig‘i va Harbiy demarkasiya chizig‘i o‘rtasidagi ayrim hududlarda qurilish ishlari olib borilmoqda. Biroq materialda demilitarizasiya zonasining qaysi hududlari haqida gap ketayotgani noma’lum.

So‘nggi paytlarda Shimoliy Koreya harbiylari devor qurish, qazish va yo‘llar yotqizish bilan shug‘ullanmoqda, — deyiladi xabarda.

Biroq manba Pxenyanning yakuniy maqsadi hali aniq emasligini ta’kidladi. Jumladan, Shimoliy Koreya harbiylari chegarada devor qurishi yoki muayyan hududlarda mudofaa tuzilmalarini o‘rnatishi mumkin.

Chegaradagi vaziyat

11 iyun kuni Janubiy Koreya harbiylari chegarani kesib o‘tgan Shimoliy Koreya askarlariga o‘q uzgani xabar qilindi. Manbalarga ko‘ra, KXDR harbiylari ikki mamlakat o‘rtasidagi quruqlik chegarasini 9 iyun kuni buzib o‘tgan. Janubliklarning ogohlantiruvchi o‘qlaridan so‘ng ular ortiga qaytgan. Chegarani buzgan shimol askarlari soni 20 nafar atrofida bo‘lgan. Janubiy Koreyaning Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi ushbu xabarni tasdiqlagan.

Chegarani buzgan askarlarning bir qismi qurollangan bo‘lgan. Ko‘pchiligi esa ish qurollarini olib yurgan. Ular qanday maqsadda chegaradan o‘tgani aniqlanmagan. Demilitarizasiya zonasi dunyodagi eng kuchli qo‘riqlanadigan hududlardan biri bo‘lib, tikanli simlar bilan o‘ralgan. Zonaning har ikki tomonida yirik harbiy kontingent joylashgan.

Ushbu zona 1950-1953 yillardagi Koreya urushi sulh bilan yakunlanganidan beri ikki Koreya davlati o‘rtasida bufer zona bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu demilitarizasiya zonasi Shimoliy va Janubiy Koreyani gorizontal ravishda ikkiga bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!