Krishtianu Ronaldu koronavirusga chalindi

Krishtianu Ronaldu koronavirusga chalindi

Dunyo futbol yulduzlaridan biri, Portugaliya terma jamoasi va Turinning «Yuventus» futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu  koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. 35 yoshli futbolchi dushanba kuni topshirgan testi musbat natija bergan. Bu haqda Portugaliya futbol federasiyasi saytida xabar berildi.

U Millatlar ligasi musobaqasi doirasidagi Shvesiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Qayd etilishicha, Ronalduda kasallik simptomsiz o‘tyapti va u o‘zini yaxshi his qilmoqda. U izolyasiyaga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!