Krishtianu Ronaldu karantinda Qur’on o‘qishni boshladi

Krishtianu Ronaldu karantinda Qur’on o‘qishni boshladi

Mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu koronavirus epidemiyasi sababli karantin paytida Qur’on o‘qishni boshlaganini aytdi.

Yaqinda Italiyaning "Yuventus" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu onasining shifoxonadan chiqqani haqida gapirayotib, shunday dedi: "Karantin holatida odam o‘zi bilan yolg‘iz qoladi. Shu vaqt ichida men ko‘p kitob o‘qidim, ko‘p o‘yladim ... endi men Qur’on o‘qishni boshladim. "
Ronaldu musulmon madaniyatiga birinchi marta murojaat qilayotgani yo‘q. "Real Madrid" futbol klubida Ronaldu bilan jamoadosh bo‘lgan turk millatiga mansub Mesut O‘zil unga arab tili asoslari va Qur’oni karimni o‘qish qoidalarini o‘rgatayotganini aytgan edi. O‘zilning so‘zlariga ko‘ra, Ronaldu Qur’on o‘qishni, Islom haqida hikoyalarni tinglashni juda yaxshi ko‘radi va uning eng sevimli surasi "Fotiha" edi.

2013 yilda Saudiya Arabistonining " Mobily" uyali aloqa operatori portugaliyalik futbolchi bilan reklama shartnomasini tuzganida unga portugal tilidagi Qur’oni karim tarjimasini taqdim etgan edi.

Bundan tashqari, Ronaldu bir necha bor Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlab gapirgan. Xususan, Dog‘istonning tubjoy xalqlari assambleyasi raisi Murtuz Gasangadjiyev bir necha yil oldin portugaliyalik futbolchidan iqtibos keltirgan edi: “Men lablarimda mening ismimni aytib ko‘zyosh to‘kayotgan

Falastin bolalariga yig‘lamasdan qaray olmayman. Men musulmonlarni juda yaxshi ko‘raman, chunki ularning hayotlari tartibli va idealga o‘xshaydi. Men Islom haqida juda ko‘p narsani bilaman va ishonch bilan ayta olamanki, so‘nggi paytlarda matbuotda bu din haqida yozilganlarning hammasi yolg‘ondir".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!