Kosonsoy tuman obodonlashtirish boshqarmasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Kosonsoy tuman obodonlashtirish boshqarmasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

"Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablari buzilganligi yuzasidan Kosonsoy tuman obodonlashtirish boshqarmasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi amalga oshirgan 28 ta tender savdolarida "Raqobat to‘g‘risida"gi va "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi Qonunlarga rioya etilishi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023 yilda 15 ta boshlang‘ich narxi 970 mln so‘mga yaqin va 2024 yil I-yarim yillik holatiga 13 ta 1 mlrd 356 mln so‘mlik tender savdolarida buyurtmachi tashkilot (xarid komissiyasi) tomonidan ishtirokchilar ("ISLAMOV TRADER" MCHJ,"BERUNIY MEDICAL" MCHJ) taqdim etgan tanlov takliflarini baholash mezonlarini belgilashda qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, hududiy boshqarma tomonidan buyurtmachiga (Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi) "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonunning 29 moddasi talablari buzilishi yuzasidan Maxsus komissiya tomonidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qonun buzilishini bartaraf etish maqsadida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!