Koronavirusga qarshi vaksinaga buyurtmalar qabul qilinmoqda

Koronavirusga qarshi vaksinaga buyurtmalar qabul qilinmoqda

Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi vaksinaga buyurtmalar berish boshlandi. Bu haqda platforma.uz kanali xabar berdi.

Buyuk Britaniya hukumati Fransiyaning Sanofi va mahalliy GSK kompaniyalari bilan 60 million dozadagi vaksinani sotib olishga kelishib oldi. Buyuk Britaniya aholisi taxminan 67 million kishidan iborat.

AQSh hukumati Pfizer va BioNTech kompaniyasidan 600 million dona dozadagi vaksinani xarid qilishga (AQSh aholisi 328 million) sotib olishga kelishib olgan edi.

Yaponiya hukumati esa Pfizer bilan 60 million kishiga yetadigan (kunchiqar yurt aholisi taxminan 126 million kishi) vaksinalarni olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

“Koronavirusga qarshi vaksina chiqishi bilan O‘zbekiston ham sotib olishni ma’lum qilgan. Hozircha bu vositalarni Rossiya, Xitoy va G‘arb ishlab chiqaryapti. Qaysi biridan qancha miqdorda va qachon sotib olishimiz bo‘yicha yaqin orada aniq ma’lumot beriladi, degan umiddamiz”, deyiladi xabarda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!