Koronavirus va gidroksixloroxin: Fransiya tavsiya qildi, JSST esa qo‘llashni to‘xtatdi

Koronavirus va gidroksixloroxin: Fransiya tavsiya qildi, JSST esa qo‘llashni to‘xtatdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni davolashda bezgakka qarshi dori vositasi – gidroksixloroxinni qo‘llashning klinik sinovlarini vaqtinchalik to‘xtatdi. JSST bosh direktorining ta’kidlashicha, ushbu dorining ta’sirini batafsil tahlil qilish lozim.

“Klinik sinovlar o‘tkazish bo‘yicha ijrochi guruh gidroksixloroxinni qo‘llash bo‘yicha vaqtincha tanaffus oldi”, deb aytgan JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus.

Uning ta’kidlashicha, JSST ushbu dori vositasining ustunliklari va zararlarini tegishlicha baholashi lozim. Sinovlar gidroksixloroxinning koronavirusni davolashda qo‘llanishining xavfsiz ekani haqida ma’lumotlar olinmaguncha o‘tkazilmaydi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusga chalinmaslik uchun gidroksixloroxin qabul qilayotganini aytgan. Uning ta’kidlashicha, ushbu dorini ko‘plab shifokorlar va virusga chalinish xavfi yuqori bo‘lgan joylarda ishlovchilar qabul qiladi.

Gidroksixloroxin bezgakka qarshi dori vositasi bo‘lib, o‘nlab yillardan beri mavjud. Oxirgi oylarda ko‘plab davlatlarda u koronavirusga qarshi qo‘llanmoqda.

Ko‘plab olimlar ushbu dorini qo‘llashda ehtiyot bo‘lishga chaqirishadi. Yevropaning dori vositalari agentligida ta’kidlanishicha, gidroksixloroxinni xloroxin kabi, klinik sinovlar va umummilliy ko‘lamdagi favqulodda vaziyatlardan tashqari, koronavirusga qarshi qo‘llamaslik kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!