Koronavirus! Germaniya qiyin vaziyatga duch kelishi mumkin

Koronavirus! Germaniya qiyin vaziyatga duch kelishi mumkin

Germaniya kansleri Angela Merkel koronavirus infeksiyasining ko‘payib borayotganligidan xavotir bildirdi va mamlakatni og‘ir oylar kutayotganidan ogohlantirdi.

Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

“Biz pandemiya sharoitida yashayotganimizni juda yaxshi tushunib turibmiz. Bu holat, afsuski, vaksina yoki yaxshi muolajalar yaratilmagunicha shunday qoladi. Ko‘p narsalarni o‘rgandik, yoz oylarini yaxshi o‘tkazdik, lekin oldinda bizni qiyinroq kunlar kutmoqda, ya’ni kuz va qish oylari”, - demoqda kansler.

Zero, Germaniyada so‘nggi haftalarda koronavirus infeksiyasining kunlik o‘sishi o‘sib bormoqda. Birgina 28 sentyabr kuni mamlakatda 2292 ta holat tasdiqlangan.

Hammasi bo‘lib mamlakat bo‘ylab 289.396 kishida xastalik aniqlangan, shulardan 255.097 kishi shifo topgan, 9478 kishi esa vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!