Konimex tumanida aholiga suyultirilgan gaz sotishidan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirish holati aniqlandi

Konimex tumanida aholiga suyultirilgan gaz sotishidan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Konimex tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Konimextumangaz” bo‘limida hisob bo‘yicha texnik vazifasida ishlovchi R.B. aholiga tarqatilgan suyultirilgan gaz uchun fuqarolar tomonidan to‘langan 121,3 mln so‘mni “Hududgaz Navoiy” hisob-raqamiga kirim qilmasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!