Kongodagi daryoda qayiq halokati oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Kongodagi daryoda qayiq halokati oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) kemaning Kongo daryosida ag‘darilib ketishi oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda “Actualite” portali ma’lum qildi, deb xabar beradi «Report».

Halok bo‘lganlardan tashqari bedarak yo‘qolganlar ham bor. Hozirda qutqaruv va qidiruv ishlari davom etmoqda.

Bortida 50 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan kema 28 iyul kuni Kindudan jo‘nab ketgan va noma’lum sharoitda cho‘kib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!