Kobaxidze: Ukrainadagi mojaro kelasi yili tugaydi

Kobaxidze: Ukrainadagi mojaro kelasi yili tugaydi

Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze «Imedi» telekanaliga bergan intervyusida Ukrainadagi harbiy mojaro kelasi yil yakunlanishi haqida taxmin bildirdi.

Unga ko‘ra, o‘shanda Gruziya-Amerika munosabatlarida qayta tiklanish bo‘ladi.

Shu bilan birga, Kobaxidze Gruziya-Amerika munosabatlarining yangilanishi AQSh qo‘lida ekanligini va Gruziya tomoni o‘zaro qadamlarni kutayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, Gruziya bosh vaziri bu yil Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar olib borilishini istisno etmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!