Kiprda eng yirik o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda

Kiprda eng yirik o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda

Kiprda katta ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda. Mamlakat prezidenti Nikos Anastasiadisning ta’kidlashicha, bu deyarli oxirgi yarim asr davomida mamlakatda yuz berayotgan eng yirik yong‘inlar hisoblanadi.

“Bu fojia. Bu 1974 yildan beri eng yirik yong‘inlardir. O‘nlab hayotlar, ko‘chmas mulk, yer va o‘rmon yo‘q bo‘lmoqda. Hukumat jabrlanganlar va halok bo‘lganlar oilalariga zudlik bilan yordam ko‘rsatadi. Biz hech kimni bee’tibor qoldirmaymiz”, deb yozgan prezident Facebook’da.

Ma’lum qilinishicha, yong‘inlar hududida 4 kishining jasadi topilgan. Ta’kidlanishicha, jasadlar Kiprga ishlagani kelgan misrliklarga tegishli bo‘lgan.

Orolda yong‘inlar 26 iyunda boshlangan. Vaziyat issiq havo sababli yanada murakkablashgan.

Yong‘inlar 55 kvadrat kilometrdan ko‘proq maydonni qamrab olgan. Unga qarshi 70ta o‘t o‘chirish mashinasi kurash olib bormoqda.

Oxirgi haftada Kiprda issiq havo hukm surmoqda: mamlakatning ba’zi hududlarida harorat 40 darajaga yetgan. Biroq hukumat yong‘inlarda inson qo‘li bor bo‘lishi mumkinligini gumon qilmoqda. OAVning ma’lum qilishicha, yong‘in keltirib chiqarishda gumon qilinib 67 yoshli erkak ushlangan.

Kipr yong‘inga qarshi kurashda xalqaro yordam so‘ragan. Gresiya, Italiya va Isroil mamlakatga yong‘in bilan kurashda yordam ko‘rsatishini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!