Kinematografiya agentligi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Kinematografiya agentligi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Bugun Renessans kino uyida Kinematografiya agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, bir qator Respublika harbiy oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Unda kinoijodkorlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, kursantlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Kinematografiya agentligi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Tadbir avvalida Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov sohadagi so‘nggi yutuqlar Respublika Prezidentining qo‘llovi bilan amalga oshirilayotganini bildirib, yangi loyihalar haqida ma’lumot berdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov loyihaning mohiyati va hamkorlik istiqbollari haqida nutq so‘zlab, birlashib qilinayotgan kontentlar unumli bo‘lishiga ishonch bildirishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Kinematografiya agentligi rahbarlari o‘rtasida «Kinokarvon» aksiyasini yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kinematografiya agentligi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Tadbir davomida yig‘ilganlarga «Kinokarvon» aksiyasi bilan bog‘liq roliklar qo‘yib berildi va joriy yildan aksiya yuqori atmosferada va xalqona o‘tkazilishi ta’kidlandi. Ma’lumot o‘rnida, «Kinokarvon» loyihasi doirasida 2023 yilda yuzlab kinoijodkorlar ishtirokida 10 dan ortiq badiiy, 20 dan ortiq hujjatli filmlar premyera qilingan bo‘lsa, 100 ga yaqin filmlarimiz muntazam ravishda respublikamizdagi mahallalarda va joylarda namoyish qilindi. Tadbirlar keng omma qatlamini qamrab oldi. Taqdimotda O‘zbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov so‘zga chiqib, «Kinokarvon» aksiyasida uyushmaga a’zo aktyor va aktrisalar mamnuniyat bilan ishtirok etishi haqida gapirdi. «Kinokarvon» taqdimotidan so‘ng Agentlikning Kinoloyihalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Feruza Nodirova so‘zga chiqib, bolalar va o‘smirlar auditoriyasi uchun suratga olingan va olinishi rejalashtirilayotgan kinoloyihalar taqdimotini o‘tkazdi. Bir qator loyihalarga to‘xtalib, ularda vatanparvarlik, ezgulik, tarbiyaviy jihatdan yaxshi yoritilganiga urg‘u berildi.

Kinematografiya agentligi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Tadbirda maktab o‘quvchilari uchun o‘zbek va rus tillarida «Film qahramonlaridan ibrat olamiz» mavzusidagi insholar tanlovi haqida ham so‘z bordi.

Milliy kinematografiyada «Ostona», «Sardor» kabi harbiy seriallar va filmlar tilga olinib, bu boradagi ishlarni davom ettirish maqsadida 10 ga yaqin Respublikadagi harbiy oliy o‘quv yurtlari mas’ullari bilan qo‘shma loyihalar ishlab chiqish bo‘yicha memorandum imzolandi. Jumladan, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bilan «Hayot akademiyasi» (ishchi nomi) badiiy filmi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi bilan «Qutqaruvchi» (ishchi nomi) kabi kinoloyihalar bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kinematografiya agentligi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Memorandumlar Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Furqat Usmonov hamda harbiy oliy o‘quv yurtlari rahbarlari o‘rtasida imzolandi.

Shuningdek, Kinematografiya agentligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi va O‘zbekiston Milliy media assosiasiyasi tashkilotchiligida «Har bir serial — bir missiya» nomli seriallar tanlovi haqida ham so‘z bordi. Mazkur tanlovda eng yaxshi loyihalar sifatida tan olingan «Mening yurtim» telekanalining «Piramida», «Renessans TV» telekanalining «Va’da» , «SEVIMLI» telekanalining «Qismat o‘yinlari», «Zo‘r TV» telekanalining «Oq qushlar» seriallari 15 sentyabrdan boshlab «Yashil yo‘lak» tartibida barcha telekanallarda bir paytda namoyish qilinishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Tadbir so‘ngida hamkorlar Kinematografiya agentligi bilan amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalarni birgalikda bajarishdan mamnun ekanliklarini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!