Kim Chen In dronlarni sinovdan o‘tkazish jarayoniga boshchilik qildi

Kim Chen In dronlarni sinovdan o‘tkazish jarayoniga boshchilik qildi

Shimoliy Koreya yetakchisi quruqlik va dengizdagi nishonlarni yo‘q qilish vazifasini bajaradigan yangi dronlarni sinovdan o‘tkazishga shaxsan rahbarlik qildi.

Sinov paytida dronlar avvaldan belgilangan yo‘nalishlarga amal qilgan tarzda nishonlarni aniqlab, yo‘q qilgan. Kim Chen In urushga tayyorgarlik uchun turli dronlarni ishlab chiqish va ularning jangovar imkoniyatlarini oshirish ahamiyatli ekanini aytgan.

U dronlarni takomillashtirish va ishlab chiqarish kuchaytirilishi lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, ulardan jangovar foydalanishni yanada intensiv bo‘lgan sinovdan o‘tkazish va harbiy bo‘linmalarni yangi texnologiyalar bilan tezda ta’minlashni tayinlagan.

“Biz nafaqat strategik razvedka dronlari va ko‘p maqsadli hujum dronlarini, balki taktik piyoda bo‘linmalari va maxsus kuchlar uchun turli kamikadze dronlarni ham faol ravishda ishlab chiqishimiz va ularni ishlab chiqarishni ko‘paytirishimiz zarur”,
— degan Kim Chen In.

Shimoliy Koreya rahnamosi mamlakatning yarimorolda joylashgan geografik o‘rni tufayli yadro torpedasi kabi suvosti strategik qurollarini ham “to‘xtovsiz” ishlab chiqish zarurligini ta’kidlagan. Shuningdek, ularni yaratishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish kerakligini aytgan.

Kim Chen In ishlab chiqaruvchilar oldiga tegishli vazifalar qo‘yib, ularni amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!