Kiyev sudi sobiq prezident Pyotr Poroshenkoning mulklariga taqiq qo‘ydi

Kiyev sudi sobiq prezident Pyotr Poroshenkoning mulklariga taqiq qo‘ydi

Kiyevning Pecherskiy tuman sudi Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoning mulkiga davlatga xiyonat va terrorizmga aloqadorlik ishi doirasida taqiq qo‘ydi, deb xabar beradi «Interfaks-Ukraina».

«Mol-mulkka taqiq qo‘yish to‘g‘risidagi prokuror iltimosnomasi qanoatlantirilsin», — deyilgan 6 yanvar kungi sudda.

Sud taqiq qo‘yishga qaror qilgan mulklar tarkibiga Vinnisa va Kiyevdagi kvartiralar, Kozindagi hovli-joy, yer uchastkalari, shuningdek, xususiy kompaniyalarning aksiyalari kiradi.

«Qaror tergov prokurori tomonidan darhol ijro etilishi kerak», — deya sudyadan iqtibos keltirgan nashr.

Poroshenkoning advokatlari sudning mol-mulkni xatlash borasidagi qarori ustidan shikoyat kiritishlarini ma’lum qilgan, shuningdek, ular bu borada Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilishga tayyorlanmoqda. Himoyachining fikricha, mulkni xatlashning asosiy maqsadi — «Poroshenkoning siyosiy faoliyatiga xalaqit berish».

Eslatib o‘tamiz, Pyotr Poroshenko — Ukrainaning beshinchi prezidenti, «Evropa birdamligi» partiyasi yetakchisi — 20 dekabr kuni davlatga xiyonatda gumonlangan. Davlat tergov byurosida ma’lum qilinishicha, Poroshenko bir guruh shaxslar, xususan, Rossiya oliy rahbariyati vakillaridan bo‘lgan kishilar bilan oldindan til biriktirib LXR va DXR terrorchi tashkilotlari faoliyatiga hissa qo‘shganlikda gumon qilinmoqda.

Pyotr Poroshenko avvalroq barcha ayblovlarni rad etib, ularni «to‘qima, siyosiy motivga asoslangan va siyosiy raqiblarga qarshi qora piarning klassik namunasi» deb atagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!