Katta yoshli aholini vaksinasiyalash uchun mablag‘ kerak?

Katta yoshli aholini vaksinasiyalash uchun mablag‘ kerak?

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, jahon aholisining katta qismini vaksinasiyalash uchun kelgusi yili 35-45 mlrd dollar kerak bo‘ladi.

JSST rahbari Tedros Gebreyesus ta’kidlashicha, yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘ pandemiyaga qarshi kurashish uchun JSST boshlagan ACT Accelerator xalqaro dasturini moliyalashtirish uchun oldin ajratilgan $19 mlrd.ga qo‘shimcha tarzda kerak bo‘ladi.

Shuning uchun ham tashkilot rahbariyati moliyalashtirishda asosiy madadni G7 mamlakatlaridan kutayotganini tan oldi.

«Hisob-kitoblarimiz 2022 yilda jahonning katta yoshli aholisi asosiy qismini emlash uchun qo‘shimcha 35-45 mlrd dollar kerak bo‘lishini ko‘rsatyapti», — dedi Gebreyesus 3 may kuni birifingdagi nutqida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!