Kambojada ilk marta koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi

Kambojada ilk marta koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi

Kambojada pandemiya boshlanganidan buyon ilk marta koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi.

Xabar qilinishicha, vafot etgan bemor Sianukvil shahrilik 50 yoshli erkak bo‘lib, unda fevralda koronavirus aniqlangan, 11 mart kuni vafot etgan.

Kambojada shu kunga qadar koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 1163ta holat qayd etilgan.

Hozirda mamlakatda kasallik qaytadan avj olishiga qarshi kurashilmoqda. Kamboja sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, virus qaytadan tarqalishiga fevral boshida karantinga amal qilmagan va tungi klubga borgan xorijlik fuqaro sababchi bo‘lgan.

Poytaxt Pnompen va Kandal hamda Sianukvil provinsiyalarida 20 fevraldan maktab, kinoteatr, bar, muzey va ko‘ngilochar muassasalar yopib qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!