«Jurnalist haq bo‘lsa, buni tan olishimiz kerak» — Prezident

«Jurnalist haq bo‘lsa, buni tan olishimiz kerak» — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida OAV xodimlarining faoliyatiga nazar soldi.

"Agar biz O‘zbekiston axborot makonida milliy kontent yaratishni o‘z qo‘limizga olmas ekanmiz, dunyodagi voqealarga milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan baho bermas ekanmiz, bu ishlar xorijdan turib amalga oshirilishiga imkon yaratib bergan bo‘lamiz. Chunki odamlardagi yangilik, tahliliy ma’lumot, real voqealarga bo‘lgan ehtiyojni biz qondirmas ekanmiz, buni boshqalar qiladi. Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Har qanday tanqidga javob berish kerak. Jurnalist haq bo‘lsa, buni tan olishimiz kerak. Nohaq bo‘lsa, unga tushuntirish orqali yolg‘on xabarlarning oldini olishga o‘rganishimiz va butun jamiyatimizga shuni tushuntirishimiz kerak, bu nopok va yolg‘onligini, - deya ta’kidladi davlat rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!