JSST: Dunyoda koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichlari qariyb 1 foizga oshdi

JSST: Dunyoda koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichlari qariyb 1 foizga oshdi

O‘tgan haftada Yer yuzi bo‘yicha 2,7 milliondan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ulardan 13 ming nafarga yaqini kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tahliliga ko‘ra, 9-15 yanvar sanalarida xastalanish ko‘rsatkichlari undan avvalgi haftaga nisbatan 9 foizga kamaydi, o‘lim holatlari esa aksincha qariyb 1 foizga oshdi.

Tashxislar sonining sezilarli pasayish dinamikasi asosan Afrika (-40 foiz), Yevropa (-35 foiz) va Janubi-Sharqiy Osiyo (-17 foiz) mamlakatlarida kuzatildi.

O‘lim ko‘rsatkichlari esa G‘arbiy Tinch okeani mintaqasida 43 foiz, Janubiy va Shimoliy Amerikada 10 foiz hamda Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasi mamlakatlarida 9 foizga o‘sdi.

O‘tgan haftada eng ko‘p bemorlar aniqlangan mamlakatlar:

🇯🇵 Yaponiya — 1 million,
🇺🇸 AQSh — 416 ming ,
🇰🇷 Janubiy Koreya — 286 ming,
🇦🇺 Avstraliya — 191 ming,
🇨🇳 Xitoy — 190 ming.

Eng ko‘p o‘lim holatlari qayd etilgan davlatlar:

🇺🇸 AQSh — 3922,
🇯🇵 Yaponiya — 2849,
🇨🇳 Xitoy — 802,
🇦🇺 Avstraliya — 742,
🇫🇷 Fransiya — 520.

‼️ Eslatib o‘tamiz, mutaxassislar dunyoda koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichlari hamon yuqoriligi bois barcha aholi qatlamiga to‘liq bosqichda va buster dozada emlanishni tavsiya etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!