Joriy yilda O‘zbekistonda nechta avtomobil sotilgani ma’lum

Joriy yilda O‘zbekistonda nechta avtomobil sotilgani ma’lum

UzAuto statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-may oylarida 158,4 mingdan ortiq avtomobil sotilgan.

Sotuvlarning asosiy qismini Chevrolet markasidagi avtomobillar tashkil etdi - 142,8 ming dona. Ikkinchi o‘rinda KIA - 5,8 ming dona. Uchinchi o‘rinni BYD egalladi - 5,6 ming dona.

Shu bilan birga, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarning umumiy soni 162,6 mingdan oshdi. Bu yerda yetakchilik Chevrolet kompaniyasiga tegishli - 144,8 ming dona, keyin KIA va BYD - mos ravishda 7,4 ming va 5,6 ming dona.

1 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda avtomobillarni UzAuto Motors, ADM Jizzakh, Jizzakh Auto, Asaka Motors, SamAuto korxonalari ishlab chiqarmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!