Jizzaxda fuqaro aldov yo‘li bilan Rossiyaga ishlashga olib ketildi

Jizzaxda fuqaro aldov yo‘li bilan Rossiyaga ishlashga olib ketildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakiliga fuqaro F.L. aldov yo‘li bilan Rossiyaga ishlashga olib ketilgan singlisini O‘zbekistonga qaytarib olib kelishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Murojaatchining qayd etishicha, singlisi F.S.ni 2024 yilning yanvar oyida fuqaro D.O. aldov yo‘li bilan Rossiyaga ishlash uchun olib ketgan va pasportini ro‘yxatga qo‘yish vaji bilan olib qo‘yib, 5 oy davomida katta dalada majburlab ishlatgan. So‘ng singlisi Samara shahriga qochishga muvaffaq bo‘lgan, ammo Vataniga qaytib kelishga imkon topolmagan.

Mazkur murojaat darhol Ombudsman nazoratiga olinib, holat Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Respublika “Istiqbolli avlod” nodavlat notijorat tashkiloti Jizzax viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda o‘rganildi.

Natijada, fuqaro F.S. joriy yilning 27 iyul kuni O‘zbekistonga qaytarib olib kelindi va hozirda u oilasi bag‘rida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!