Jinoyat olamida innovasiya: Navoiyda soliq organi xodimi Click va Payme to‘lov tizimi orqali pora olganlikda gumonlanmoqda

Jinoyat olamida innovasiya: Navoiyda soliq organi xodimi Click va Payme to‘lov tizimi orqali pora olganlikda gumonlanmoqda

Davlat soliq inspeksiyasi Navoiy viloyat Karmana tuman bo‘limi xodimi pora olishda gumon qilinib, hibsga olindi, deb xabar bermoqda IIB axborot xizmati.

Voqeaga ko‘ra, Karmana tumani Katta machit hududi atrofida yashovchi fuqaro E.X. Davlat soliq inspeksiyasi tuman bo‘limida noturar ob’ekt uchun kadastr hujjatlarini tayyorlash maqsadida yer va mulk solig‘idan qarzdorlik yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olishi lozim bo‘ladi.

Soliq inspeksiyasi xodimi G.P. unga ko‘rsatilgan soliq turlaridan 1 million 300 ming so‘m qarzdorlik mavjud ekanini ma’lum qiladi. Shuningdek, inspektor, noqonuniy yo‘l bilan mazkur qarzdorlikni 650 ming so‘mga tushirishi hamda kerakli ma’lumotnomani berishi mumkinlinini aytadi. Pulni esa Click yoki Payme to‘lov tizimi orqali unga jo‘natish lozimligini uqtiradi.

Natijada, E.X. inspektor hisobiga so‘ralgan summani o‘tkazib beradi.

Mazkur jinoyat bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.

podrobno.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!